Nafaqadagilar uchun eng yaxshi davlatlar nomi aniqlandi

    Nafaqadagilar farovon hayot kechirishi mumkin bo'lgan mamlakatlar reytingi tuzildi, deya xabar bermoqda Mercer sayti.

    Mercer konsalting kompaniyasi va CFA Institute Global Pension Index (Global pensiya indeksi)ni tuzdi, unda Islandiya birinchi oʻrinni egalladi va bu yil birinchi marta roʻyxatga kiritildi.

    Mercer maʼlumotlariga koʻra, Islandiyaning birinchi pogʻonani egallashiga katta miqdordagi mablagʻ toʻplash imkonini beruvchi birinchi darajali va ishonchli pensiya tizimi yordam berdi.

    Kuchli uchlikka Gollandiya va Daniya ham kirdi, ular oxirgi 10 yil mobaynida birinchi ikki qatorni doimiy ravishda egallab kelgan. Umuman olganda, Skandinaviya davlatlari ushbu reytingda 80 dan ortiq ball oldi.

    Ularning ortidan 75-80 ball bilan Isroil, Norvegiya va Avstraliya joy oldi. Finlyandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Shveysariya, Kanada, Irlandiya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Chili 65-75 balldan toʻplashdi.

    Eng past oʻrinlarni Yaponiya, Meksika, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Filippin va Argentina egalladi. Tailand 43 – oʻrin bilan reytingni yakunladi.
    Tahlilchilar mamlakatlardagi foiz stavkalari, ishlab chiqarish va daromadlar tengligi, shuningdek, davlat qarzi miqdori va iqlim oʻzgarishiga qarab hisoblangan global pensiya indeksini koʻrib chiqishdi.

    “Hamma uchun pensiya taʼminoti sifatini yaxshilash maqsadida pensiya tizimining kuchli va zaif tomonlarini oʻrganish hech qachon ahamiyatli boʻlmagan”, dedi CFA Institute prezidenti va bosh direktori Margaret Franklin.

    Ekspertlarning fikricha, dunyo boʻyicha aholining qarishi oqibatlari pensiya tizimi oldiga ham muhim vazifalarni qoʻymoqda. Pandemiya va ish haqining sekin oʻsishi pensiya tizimiga ham bosim oʻtkazmoqda.