Festival ishtirokchilari Nurota tumaniga tashrifi davomida Navoiy tasviriy va amaliy sanʼat maktabida maktab oʻquvchilari tomonidan milliy kiyinish madaniyatini targʻib qiluvchi sanʼat koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Ular “Eshon Sudur” MFYdagi hunarmand, oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan Saodat Fayziyeva xonadonida boʻlib, hunarmand tomonidan milliy merosimiz va qadriyatlarimizni oʻzida mujassamlashtirigan kashtachilik sanʼati sir-asrorlari bilan tanishdi.

Ayni paytda S.Fayziyeva “Ustoz-shogird” yoʻnalishi boʻyicha 80 nafar ishsiz xotin-qizni hunarmandlikka jalb etgan holda faoliyat olib boryapti.

Tadbirning asosiy qismida tumandagi hunarmandchilik, tikuvchilik bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlarning qoʻl mehnati bilan yaratilgan mahsulotlari koʻrgazmasi namoyish etildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “Orasta qizlar” va “Qizlarjon” toʻgaraklari aʼzolarining milliy liboslarda chiqishlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Qoʻgʻirchoq teatri” tomoshalari oʻziga xosligi bilan koʻpchilikni qiziqtirdi, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.