Tadbirda O'zbekiston Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ham ishtirok etdi.
Onlayn-muloqotda tomonlar fan va ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, shu jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining ta'lim tizimlari hamda ilmiy faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.
Anjumanda, shuningdek, O'zbekiston va YAponiya tomonidan Nagoya universiteti professor-o'qituvchilarini Toshkent davlat texnika universitetida maslahatchi va prorektor lavozimiga tayinlash masalasi o'rganilayotgani ta'kidlandi.
Tadbirda “Yo'l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida mamlakatlarimiz texnik fanlar bo'yicha intensiv o'quv dasturining dastlabki loyihasini amalga oshirayotganiga e'tibor qaratildi. Ushbu “Yo'l xaritasi”ga ko'ra 2020 yil aprel` oyidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetining 50 nafar talabasi matematikaning asosiy kursi bo'yicha 30 soatlik masofaviy o'qishga jalb etilgan.
O'z navbatida Toshkent davlat yuridik universiteti Nagoya universiteti bilan birgalikda xalqaro va YAponiya huquqini o'rganish, akademik almashinuv hamda qo'shma tadqiqotlar asosida o'qishni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Nagoya universiteti Oliy huquq maktabi dekani, professor T.Masuda O'zbekiston davlat yuridik universiteti bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, akademik almashinuvlar va ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini ta'kidladi.