Tulkilarning oyoq kiyim oʻgʻirlaganini eshitganmisiz? Bu ish itga nisbatan aytilsa ham biroz ishonarli boʻlar edi. Ammo Berlinda oyoq kiyim oʻgʻirlaydigan tulki paydo boʻlgan. “Yekolog.uz”ning maʼlum qilishicha, bu haqda Kristian Mayer ismli fuqaro oʻzining Twitterʻdagi sahifasi orqali eʼlon qilgan.

Tulki bilan bogʻliq hodisa Berlin janubi-gʻarbidagi Selendorf tumanida sodir boʻlgan. Mahalliy aholiga mansub bir erkak kechasi terrasada turgan krossovkasining bir poyi yoʻqolganini payqab qolgan.

Oradan bir muncha vaqt oʻtgach Mayer bir juft koʻk shippakni sudrab ketayotgan tulkini koʻrib qolgan. Erkak tulki orqasidan yashil hududga qadar bir soatga yaqin kuzatib borgan. Bogʻ ichida erkak hayvon tomonidan oʻgʻirlangan koʻplab oyoq kiyimlar joylashgan yashirin inni topib olgan.

Taʼkidlanishicha, internet orqali hozircha uch juft oyoq kiyimning egasi topilgan.