Namangan: 24 dona zamonaviy avtobus olib kyelindi

    Ushbu avtobuslar brutto-shartnoma asosida Namangan shahridagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-sonli qaroriga asosan Nukus shahri va viloyatlar markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta avtobuslarni xarid qilish rejalashtirilgan.

    Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Namangan viloyatida “EXPRESS DOLINA” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxona tomonidan 36 dona zamonaviy avtobuslar xaridi amalga oshirildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, tez orada yana 12 dona “YUTONG” rusumli avtobuslar shaharga yetib keladi.