Namanganda rahbariyat qiyosi yoʻq qaror qabul qilgan. Shaharga tutash 16 gektar maydonni har biri 25-30 sotixdan taqsimlanib, 52 ta gulchilar oilasiga berilgan. Qisqa muddatda bu yer gullar fabrikasiga aylandi.
— Yuz turdan ortiq gul yetishtirilyapti. Ular koʻchat, tuvak gul, mavsumiy gullar turlaridir, — deydi mohir gulchi Oybek Toshpoʻlatov. — Gollandiyadan kelgan texnologiya boʻyicha chatishtiramiz. Gullarimiz noyabr oyigacha ochilaveradi.
Qaysi gulchi issiqxonasida boʻlmang, turnaqator mashinalarga gul koʻchatlari avaylab yuklanayotganini koʻrasiz. Ular Namangan shahrigagina emas, respublikamizning barcha viloyatlariga, hatto Qoraqalpogʻistonga ham joʻnatilmoqda. Bundan tashqari, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻistonga olib ketishyapti, gullarimizni, — deydi Otabek Toshpoʻlatov. — Oʻtgan yili 11 millionta gul sotdik Jalolobod viloyatiga.