Namangan aeroportida 160 mln soʻmlik “iPhone 17”lar musodara qilindi

    “Namangan aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari mobil qurilmalarni mamlakatga yashirincha olib kirishga boʻlgan qator urinishlarni aniqladi.

    Birinchi holatda, Quvaytdan uchib kelgan yoʻlovchilar guruhi boshqa shaxsning iltimosiga koʻra, 160 mln soʻmlik 8 ta “iPhone 17” telefonlarini olib kirishga urinishgan.

    Keyingi holatlar Jiddadan qaytgan yoʻlovchilar bilan bogʻliq boʻlib, ulardan biri 5 ta “iPhone 17” telefonlarini “ziyoratchi yoʻlovchilar tekshirilmaydi” degan xato fikr bilan noqonuniy olib kirmoqchi boʻlgan.

    Yana bir fuqaro esa 10 ta “iPhone 17” qurilmasini boshqa yoʻlovchilar orqali olib kirishni rejalashtirgan, ammo telefonlarni aeroport avtoturargohida yigʻib olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

    Hozirda holatlar boʻyicha bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Shuningdek, joriy yilning 10 oyi davomida Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 406,4 mln soʻmlik 105 ta mobil telefonning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.