Bu haqda Chust tuman hokimligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yuzaga kelgan nosozlik sabab, attraksion daraxt shoxiga urilishi oqibatida 3-kishi yengil tan jarohati olib, 1-nafar fuqaro oyoq son suyagi sinishi natijasida tez yordam boʻlimiga olib borilgan.
Bemorlarga Tez yordam koʻrsatilgan va oʻsha kunni oʻzida barchalariga javob berilgan.
Ayni damda Reanimatsiya boʻlimida ogʻir ahvolda ekan deb aytilgan xabarlar asossiz.
Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan va ayrim kanal xodimlari asossiz va yolgʻon maʼlumot tarqatib ommani vahimaga solmasliklari soʻraymiz, — deyiladi xabarda.