Namangan davlat chet tillar institutida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” tadbiri oʻtkazildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutida tadbir tashkil etildi.

    Institut rektori R.Karimov sana munosabati bilan barchani tabriklab, bosh qonunimizda inson qadri, yoshlar taʼlimiga qaratilgan eʼtibor borasida soʻz yuritdi. Tadbirga viloyat va tumandagi nufuzli tashkilot vakillari hamda taniqli estrada xonandalari taklif etildi.

    Turli badiiy chiqishlar: vatan, konstitutsiya mavzusidagi sheʼrlar, milliy kuy-qoʻshiq va raqslar barchaga manzur boʻldi. Shuningdek, tadbirda taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi.

    Institut ijtimoiy hayotida faollik koʻrsatgan yoshlar, turli koʻrik-tanlov va sport musobaqalari gʻoliblari diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.