Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida oʻtkazilgan seminar-trening mashgʻulotida Namangan viloyati sudi sudyasi I.Usmonov, R.Mamajonova, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi A.Karimov, FIB Namangan tumanlararo sudi sudyasi N.Ahadova ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga kiritilgan yangilanish va oʻzgarishlarga bagʻishlanib, undagi normalar mutaxassislar tomonidan sharhlandi. Avvalo, yangi tahrirdagi Konstitutsiya moddalarining 128 tadan 155 taga oshirilgani jamiyat hayotini yaxshilashga xizmat qilish barobarida, fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlari ortganini ham anglatadi.

Xususan, taʼlim sohasi, ayniqsa, pedagoglar shaʼni, qadr-qimmati qonun doirasida muhofaza qilinishi asoslab oʻtildi. Ayollar, xotin-qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun gender tenglik asosida yaratilayotgan oʻziga xos qulayliklar ortida ham aynan bosh qonusimiz turgani kabi koʻp jihatlar yoritilgan tadbir talabalarning siyosiy bilimi yanada ortgani bilan ahamiyatli.

Tadbir yakunida mehmonlar tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobchasidan sovgʻa sifatida tarqatdi. Bu kabi maqsadli hamkorlikni yana davom ettirish uchun kelishib olindi.