Mazkur tadbir nafakat talaba-yoshlarning faolligini oshirdi, balki milliy an’ana va urf-odatlarimizni amalda namoyon etuvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy platformaga aylandi.

Parad davomida 1000 nafarдан ortiq talaba-yoshlar milliy liboslarda universitet hududidan «Afsonalar vodiyasi» maskanigacha tantanali yurish qilib, milliy liboslarimizning betakror jozibasini keng jamoatchilikka namoyish etdilar.

Ayniqsa, ushbu jarayonda universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilarning ham faol ishtiroki tadbirga alohida ruh va mazmun bag‘ishladi. Bu esa avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va sadoqatni yana bir bor yaqqol ifoda etdi.

«Milliy parad»ning mantiqiy davomi sifatida «Afsonalar vodiyasi» bog‘i hududida «O‘zbegim yoshlari» sayli ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Sayl davomida talaba-yoshlar o‘zlarining faolligi, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati va yuksak kayfiyati bilan ajralib turdilar. Bayramona muҳit, samimiylik va milliy ruh uyg‘unligi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Bugungi kunda milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish har qachongidan ham muhim. Biz ana shunday tashabbuslar orqali nafakat tariximizni ulug‘laymiz, balki kelajak avlodni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qilamiz. Yoshlarimizning milliy liboslarimizga bo‘lgan mehrini, an’analarimizga hurmatini ko‘rib, kelajagimiz yanada porloq ekaniga ishonchimiz ortadideydi universitet rektori, professor Oybek Ergashev.

Shuningdek, Yangi Namangan tumani Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan milliylik va yoshlikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar sayl ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Tadbir davomida hukm surgan samimiy muҳit, milliy kuylar va jo‘shqin ruh ishtirokchilar qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi.

Mazkur tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoсini boyitish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda ularni asrab-avaylash borasida muhim qadamlarдан biri bo‘lib xizmat qildi.