O.Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot oʻrnida, Oybek Karimovich Ergashev 1982-yil 7-yanvar kuni Namangan tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2003-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutining bakalavriat, 2006-yili magistratura yoʻnalishini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog-pedagog.
Oybek Ergashev mehnat faoliyatini 2003-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kimyoviy texnologiya kafedrasi laboratoriya mudiri sifatida boshlagan. U mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-pedagogika instituti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutida turli masʼul vazifalarda samarali ish olib borgan. Institutning kimyo-texnologiya fakulteti dekani, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.







