Namangan filiali: viloyat hududida WI-FI xizmatlari sifatli taqdim etilmoqda

    “Oʻzbektelekom” AK Namangan filiali mutaxassislari tomonidan viloyatning jamoat joylari va turistik maskanlarida WI-FI xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

    Xususan, viloyatning Namangan shahridagi “Uch favvora” va “Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan WI-FI nuqtalarining shahar aholisi hamda hududga tashrif buyurgan sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatishi taʼminlanmoqda.

    Aytish mumkinki, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining hududiy shuʼbasi va viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan monitoring davomida WI-FI nuqtalarida Internet xizmati tezligi va sifati meʼyor darajasida ekanligi aniqlandi.

    Bugungi kunda Filial tomonidan viloyat hududida WI-FI nuqtalari koʻlamini kengaytirish borasida rejali ishlar olib borilmoqda.


    “Oʻzbektelekom” AK axborot xizmati


    Reklama