62-marotaba oʻtkazilayotgan gullar festivali birinchi 10 kunlik davomida 43 davlatdan 42 minga yaqin gul ishqibozlarini gullar shahri tomon chorladi.
Nafosat va goʻzallik bayramidan bahra olishga kelgan mehmonlar soni 3 milliondan ortdi.
Butun dunyo turistlariyu gul ixlosmandlarining eʼtibor markazida boʻlib turgan ushbu nufuzli anjumanga Yangi Namangan tumani ham oʻzgacha hozirlik koʻrgan.
Gullarga burkangan betakror kompozitsiyalar tumanning asosiy koʻchalariga oʻzgacha zeb berib turibdi, unga hamohang tarzda bezaklangan tungi chiroqlar taratayotgan maftunkor yogʻdular esa koʻzlarni quvontiradi.