баннер
24 Apr 2025
16:16

    Namangan-Guyang rasman Qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatdi

    Guyang shahri Xitoyning janubiy-gʻarbida joylashgan Guyjou viloyatining maʼmuriy markazi boʻlib, aholisi 6,6 millionni, YAHM 75 mln dollarni tashkil etadi.

    Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Okibjon Inamov boshchiligidagi Namangan delegatsiyasi Xitoyning Guyang shahri hokimi janob Van Xun bilan muzokara olib bordi.

    Muzokara davomida ikki hudud oʻrtasida savdo, iqtisodiy, investitsion, taʼlim, logistika, turizm yoʻnalishlarida hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi.

    Namangan va Guyangning investitsion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti oʻtkazildi. Guyang rasmiy delegatsiyasini Namangan shahrida joriy yil 64-bor oʻtkaziladigan Xalqaro «Gullar festivali«ga taklif etildi.

    Uchrashuv yakuni bilan ikki hudud oʻrtasida Qardoshlik memorandumi imzolandi.

    Maʼlumot uchun: Guyang shahri Xitoyning janubiy-gʻarbida joylashgan Guyjou viloyatining maʼmuriy markazi boʻlib, aholisi 6,6 millionni, YAHM 75 mln. dollarni tashkil etadi. Turizm, logistika koʻprik qurilish va sunʼiy intellekt shaharning drayver sohalaridan boʻlib, yiliga shaharga 100 milliondan ziyod sayyohlar tashrif buyuradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech