Namangan maktablari yashil maskanga aylanmoqda

    Xalq ta'limi vazirligi tizimlarida davlatimiz rahbarining “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida “Maktablarni yashil maskanga aylantiramiz!” aksiyasi e'lon qilindi.

    Aktsiya doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasining umumta'lim muassasalarida ham tobora keng qanot yozmoqda.

    Boshqarma xodimlari kuni kecha Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 85-umumta'lim maktabida mevali, manzarali ko'chatlar ekishdi. Xayrli tashabbus natijasida 15 tup pavloniya, 40 tup kashtan, 120 tup bodom hamda 100 tup qora g'aynoli ko'chatlari ekilib, ilm maskanida o'ziga xos mo'jazgina bog' bunyod bo'ldi. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi umumta'lim dargohlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg'in davom etmoqda.

    Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, viloyat bo'yicha 712 ta umumta'lim maktabi hududida jami 186 ming tupdan ortiq mevali va manzarali ko'chatlar ekish rejalashtirilgan.

    Orifjon Jo'rayev,

    "Yangi O'zbekiston" muxbiri