“Namangan new city” loyihasning tamal toshi qoʻyildi

    Urbanizatsiya 12 Iyul 2021 1208

    Mamlakatimizdagi eng yirik loyihalardan biri boʻlmish “Namangan new city” loyihasning tamal toshi qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Davlatobod va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari chegarasida joylashgan teng yarmi yashil hudud boʻlishi koʻzda tutilgan 558,0 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari, shuningdek maktab, oliy taʼlim muassasalari, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.

    Mazkur loyihani toʻliq ishga tushirish orqali butun dunyo standartlariga javob beruvchi “Smart city” yaʼni aqlli shaxarcha barpo etishni oʻz oldimizga maqsad qilib olganmiz.

    Bugun ushbu marosim bilan birgalikda “Namangan Hua Cheng Estate Development” kompaniyasiga “Namangan new city” hududidan ajratilgan 16,0 gektar yer maydonida bunyod etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlariga tamal toshi qoʻyiladigan kun. Ushbu loyihaning qiymati 120,0 mln.dollarni tashkil etib, loyiha doirasida jami 56 ta turar-joy binolari, 3100 ta xonadonlar, shuningdek maktab, bolalar bogʻchasi va shifoxona bunyod etiladi.

    Barchamizga maʼlumki, soʻngi yillarda Namangan viloyati hamda Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Oʻtgan 2020-yil yakuni bilan Namangan viloyati bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 214,4 mln. AQSH dollarni tashkil etdi (eksport 43,0 mln.dollar, import 171,4 mln.dollar).

    Hozirgi kunda Namangan viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 32 ta qoʻshma va xorijiy korxonalar turli xil yoʻnalishlarda faoliyat olib bormoqda.

    Shuningdek, 2021-2022-yillarda Namangan viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda Sanoat, xizmat koʻrsatish sohalarda jami 27 ta umumiy qiymati

    468,0 mln.dollar boʻlgan investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning ishga tushishi natijasida 7 814 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

    Bundan tashqari, Oʻtgan 2020-yil yakuniga bilan Namanganda viloyatiga Xitoylik sarmoyadorlar tomonidan 177,6 mln.dollarlik xorijiy investitsiya kiritilgan boʻlsa, joriy yilning bugungi kuniga qadar 48,8 mln.dollar mablagʻlari oʻzlashtirilgan.

    Yuqorida keltirilgan raqamlar Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik - iqtisodiyotimiz uchun muxim ahamiyat kasb etishini bildiradi.