Namangan shahar hokimi tashabbusi bilan tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi

    Salomatlik 1 Avgust 2020 1949

    Namangan shahar hokimi tashabbusi bilan mahalliy byudjet hisobidan 1 mlrd. 400 mln. soʻm evaziga 17 ta tez tibbiy yordam avto transportlari topshirildi.

    Ushbu xizmat transportlari shahardagi mavjud 15 ta oila poliklinikalariga va 2 tasi shahar sanitariya epidemiologik xizmatlari markaziga berildi.

    Yangi topshirilgan transport vositalari pandemiya davrida yengil darajadagi koronavirus bilan zararlangan bemorlarni xonadonlarida davolashni tashkil etish, bemorga tez yordam koʻrsatishda mutaxassislarni oʻz vaqtida yetib borishini taʼminlash, shuningdek, qon tahlillarini yetkazib borishida sifatli xizmat koʻrsatadi.

    Ushbu tibbiy xizmat mashinalarini topshirilishi natijasida yangi 17 ta ish oʻrni yaratiladi. Bu esa bayram kunlarida shahar tibbiyot sohasi vakillari uchun munosib tuhfa boʻldi.

    Tez tibbiy yordam mashinalarini topshirish tadbirida viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Solijon Mo'minov, shahar hokimi o'rinbosarlari Rustamjon Isaqov, Abdulhodi Iminov va shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Tohirjon Boydedaev ishtirok etdi.

    Namangan shahar hokimligi axborot xizmati