Namangan shahrida turistik loyihalar taqdimoti oʻtkazildi

    Turizm 26 Oktabr 2020 804

    “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Namangan shahri Davlatobod tumanida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Taqdimotda viloyat va shahar hokimlari Shavkatjon Abdurazzoqov, Olimjon Isayev hamda viloyat prokurori Jahongir Hotamov ishtirok etib istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

    Transformatsiya loyihalari uchun Davlatobod tumanida 2020-yil oxiriga qadar 56,9 milliard soʻmlik 18 loyiha amalga oshiriladi. Namangan viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi taqdimotida Transformatsiya loyihalari doirasida Davlatobod tumanidagi mavjud 7 mehmonxonaga “E-Mehmon” axborot tizimini joriy etilgani, bu obyektlar optik tolali internet tarmogʻiga ulangani, Wi-Fi hududlari mavjud boʻlib, u mehmonxona bino inshootlari va uning 100 metr radiusdagi maydonda internet ishlashini taʼminlab bera olishini maʼlum qilindi. E-mehmon tizimi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga veb-sayt, mobil ilova va mustaqil sayyohlarni roʻyxatga olish tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi.

    Sayyoh va mehmonlarni roʻyxatga olish jarayoni toʻla raqamlashtiriladi va shu tariqa bu jarayon tariqa davlat organlari ishtirokisiz hal etiladi. Ayni paytda Davlatobod tumanida 6 mehmonxona va 1 xostel mavjud. Oʻrinlar soni - 425 ta. Shuningdek, 4 yangi mehmonxona qurilmoqda, 2 mehmonxona kengaytirilmoqda.

    Qurilishlar yakuniga koʻra, 1725 nafar sayyohni bir vaqtning oʻzida qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Telekommunikatsiya infratuzilmasi va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va “E-Mehmon” axborot tizimini joriy etish uchun ijrochilar hisobidan 1 845 million soʻm mablagʻ sarflanadi.

    Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 28 mehmonxona va xostellarning qabul sigʻimi 1560 tani tashkil etadi. Taqdimot soʻngida viloyat hokimi Namangandagi barcha mehmonxonalarda xizmat koʻrsatishni raqamlashtirish boʻyicha tegishli topshiriqlarni berdi.