Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazi ishga tushiriladi

    Mutasaddilarga insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng reabilitatsiya qilish boʻyicha yagona milliy tizim yaratish, televideniye, radioda sogʻlom turmush, toʻgʻri ovqatlanish targʻibotini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Viloyatdagi 16 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazi tarqoq holda 6 ta tuman va shaharda joylashgan. Oqibatda bemorlar bir shifoxonadan ikkinchisiga sarson boʻlib, ortiqcha puli va vaqtini sarflayapti.

    Shu bois bu 16 ta markaz negizida 3,5 ming oʻringa ega 2 ta – birinchi va ikkinchi Namangan tibbiyot markazlari tashkil etiladi. Bunda shoshilinch va boshqa tibbiy xizmatlar, diagnostik tekshiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlash, aholiga tunu-kun xizmat koʻrsatish imkoni yaratiladi.

    Avstriya bilan hamkorlikda Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazini ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Mamlakatimizda infarkt va insult asorati oqibatida faol hayoti cheklangan aholini tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya bilan toʻliq qamrab olish muhimligi qayd etildi.

    Bu boradagi ishlarni yaxlit tizim asosida tashkil qilishga koʻrsatma berildi.

    Shu munosabat bilan mutasaddilarga insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng reabilitatsiya qilish boʻyicha yagona milliy tizim yaratish, televideniye, radioda sogʻlom turmush, toʻgʻri ovqatlanish targʻibotini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.