“Namangan smart city” loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi

    Urbanizatsiya 26 Mart 2021 1177

    Davlatobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy “Namangan smart city” loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Mazkur infratuzilmalarga ega ”aqlli shahar” loyihasining taqdimotida mahalliy quruvchilar va chet ellik investorlar qatnashdi.

    Ushbu loyihani tayyorlash bilan shugʻullanayotgan Turkiyaning “Vertebra studio” kompaniyasi vakillari “aqlli shahar” konsepsiyasini taqdim etishdi.

    Ushbu konsepsiyaga koʻra, mazkur hududdan zamonaviy koʻp qavatli uylar, maʼmuriy binolar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, sport maydonlari, parklar va xiyobonlar oʻrin olishi rejalashtirilgan.

    Taqdimotda ishtirok etgan soha mutaxassislari oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan chiqishdi.

    Viloyatimiz quruvchilari ham anchagina katta qurilish obyektlarini qurishga tayyor, mana sizlarga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyati tugʻildi, – dedi viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov.