2021-yilda viloyatdagi 465 ta eksportyor korxona tomonidan 52 ta davlatga 464 million dollarlik 67 turdagi sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Joriy yilning oʻzida esa beshta yangi - Peru, Venesuela, Tunis, Bosniya va Gersegovina hamda Janubiy Afrika davlatlari bozorlariga kirib borildi.
Eksportni oshirishda mahsulotlar diversifikatsiyasiga ham alohida eʼtibor berilishi natijasida, joriy yilning oʻzida keramik kafel plita, sunʼiy tola, armatura, qurilish qoplamalari va qurilish boʻyoqlari kabi 11 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilishiga erishildi.