Qayd etilganidek, toʻqimachilik sanoatida Pop, Uychi tumanlari va Namangan shahrida besh yilda 2 milliard dollarlik 1 ming 700 dan ziyod loyihalar ishga tushiriladi.

— Namangan shahri, Toʻraqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida 313 gektar maydonda “Namangan Tekstayl” industrial zonasi tashkil qilinib, 560 million dollarlik 22 ming ish oʻringa moʻljallangan 710 ta loyiha amalga oshiriladi. Sport kiyimlari, yozgi va qishki ustki kiyim, jinsi kabi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga yetakchi jahon brendlari jalb qilinadi.

Shuningdek, Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida, Italiya, Fransiya, Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarning ilgʻor toʻqimachilik oliygohlari bilan birga, Namangan toʻqimachilik sanoati instituti tashkil etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.