Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida kambagʻallikni kamaytirish borasida bir qator vazifalar belgilayangan edi. Yaʼni Oʻtgan davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini uzluksiz ishlashini taʼminlash, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan korxonalar toʻliq tiklash, byudjetga tushumlar miqdorini koʻpaytirish va bu orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har taraflama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tumanda qator ishlar amalga oshirildi.

Pandemiya boshlanishida Namangan tumanida 460 ta sanoat korxonalarining 90 tasi faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi, shuningdek 18 tasi esa 25 foizda, 20 tasi 50 foiz quvvatda ishladi. Karantin yumshatilishi bilan faoliyati keskin pasaygan va kam quvvatda faoliyat olib borayotgan korxonalar birma-bir oʻrganilib, ularning faoliyatini tiklash orqali oʻtgan yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini kamaytirmaslik choralari koʻrildi.

Lekin, 331 ta xizmat koʻrsatish yoʻnalishidagi korxonalar faoliyatini toʻxtatilishi oqibatida, 827 nafar fuqarolar vaqtincha ishsiz qoldi. Hozirda mazkur korxonalar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Joriy yil 10 oy yakuniga koʻra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 739,9 milliard soʻmni tashkil qildi. Chakana savdo aylanmasi 306,5 milliardga yetdi. Biroq halq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish xajmi 549,4 milliard soʻmni tashkil etib, belgilangan reja bajarilmadi.

Namangan tumanida 2020-yilning 1-dekabr holatiga 3 ming 721 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tadbirkorlarik subyektlariga tez va sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida tumanda Davlat xizmatlari markazining yangi binosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Oʻtgan 11 oy mobaynida tumanda aholi bandligiga koʻmaklashish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda tumanda mehnatga layoqatli aholi soni 100,8 ming kishini tashkil etib, shundan 79,4 foizi yoki 80,2 ming kishi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Tumanda 9,1 mingga yaqin fuqaro ish oʻrinlariga muhtoj, ishsizlik darajasi ayollar oʻrtasida 11 foizni va yoshlar oʻrtasida 13 foizni tashkil qilmoqda.

Joriy yilda bandlik boʻlimi tomonidan 2 ming 901 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish joylariga ishga joylashtirildi. 200 nafar fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitildi. 256 nafar ishsizlarga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi, 535 nafar fuqarolarga mehnat bandlik masalalari boʻyicha huquqiy maslahat xizmatlari koʻrsatildi.

Tuman hududida kambagʻal, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti oʻrganilib, 2 ming 228 ta oila “Temir daftar”ga kiritildi. Bugungi kungacha, “Temir daftar”dagi 3 ming 41 nafar ishga muhtoj fuqarolarning 2 ming 742 nafari turli sohalarga ishga joylashtirildi. 324 nafariga 4,8 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar, 65 nafar fuqaroga subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi.

Bularning natijasida bugungacha 1 ming 911 ta oila turmush sharoiti yaxshilanganligi inobatga olinib, oʻz murojaatlariga muvofiq, sessiya qarorlari asosida “Temir daftar” dan chiqarilgan boʻlsa, 488 ta oila yangidan “Temir daftar” ga kiritildi.

“Temir daftarga” kiritilgan oilalarni kambagʻalikdan chiqarish maqsadida “Shoʻrqishloq” MFYda 450 million soʻmlik loyiha amalga oshirildi. “Shifobaxsh bedana tuxumlari” oilaviy korxonasi tomonidan bedanachilik klasteri tashkil etildi.

Tana harorati 40-41 darajada boʻlganligi uchun qish oylarida xam issiqlik talab etmaydi. Tashkil etilgan klaster tomonidan “Temir daftarga”ga kiritilgan 50 ta xonadonlarga 300 donadan 500 donagacha bedana tarqatildi. Tadbirkor tomonidan bedana uchun barcha xarajatlarni (panjara, omuxta yem) bilan taʼminlab oʻzi nazorati ostida parvarish qilmoqda.

Joriy yilda tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish xamda ish oʻrinlarini tashqil qilish maqsadida kichik sanoat zonalari tashkil etish belgilangan edi. Shu yilda tumandagi “Katta Toshbuloq”, “Kichik Qurama”, va “Qorakoʻl” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Toshboloq kichik sanoat zonasiga 27 ta tadbirkorning 24 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Sessiya doirasida ommaviy axborot vositalari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida, Namangan tuman hokimi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.