Namangan tumanida yangi investitsiya obyektlari yaratilyapti

    Mamlakatimizda 7 Aprel 2021 358

    Namangan tumanida koʻplab fuqarolarimizning bandligini taʼminlanayotgan investitsiya obyektlari bosqichma-bosqich ishga tushmoqda.

    Shunday investitsion loyihalardan biri “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ tumanning “Katta Toshbuloq” MFY hududida joylashgan.

    Loyihaning umumiy qiymati 30,1 milliard soʻmni tashkil etadi. Shundan 17,0 milliard soʻm loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari, 300,0 ming dollari Xalq bank krediti hisobiga, 1,0 million dollari Xitoylik hamkorlari hisobiga toʻgʻri keladi.

    Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

    Joriy yil 19-mart holatiga ushbu loyihani birinchi bosqichi uchun 20,0 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, qurilish ishlari yakunlandi va Xitoy Xalq Respublikasining “Fujian Haineng Electrical Co., Ltd” kompaniyasidan texnologiyalar olib kelinib, oʻrnatildi va ishga tushirildi. Natijada 70ta ish oʻrni yaratildi.

    Ikkinchi bosqichda 2021-2022-yillarda qoʻshimcha bino qurilib, qoʻshimcha 70ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.