Yaqin kunlarda viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda ushbu ikki viloyat Madaniyat va turizm boshqarmalari oʻrtasida bu boradagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolanadi.
Namangan hamda Isparta shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikning tamal toshi 2018-yilning iyul oyida Namangan delegatsiyasining Ispartaga tashrifi davomida imzolangan birodarlashgan shaharlar kelishuvi bilan qoʻyilgandi.
Siirt viloyatining Baykan tumanida esa Sulton Uvays Qaroniy maqbarasi joylashgan boʻlib, bu ziyoratgohni xalqaro turistik jozibador maskanga aylantirish borasida katta tajriba toʻplangan. Chortoq tumanida yaqinda rekonstruksiya va qurilish ishlari yakunlangan Sulton Uvays Qaroniy hamda onalari Bibi Naima ona ziyoratgohlarini turistik ommalashtirishda bu tajriba qoʻl kelishi tayin.
Maʼlumot uchun, 14-avgustda Namangan viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati turizmni rivojlantirish markazi oʻrtasida turizm sohasida axborot va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, turizm sektoriga oʻzaro investitsiyalar jalb etish, turizm mahsulotlari targʻiboti va marketingini amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish vazifalarini koʻzda tutgan memorandum ham imzolangandi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati.