баннер
14 Mar 2025
23:03

    Namangan va Nukus shahri jamoat transporti tizimi takomillashtiriladi

    Loyiha doirasida zamonaviy harakat tarkiblari xarid qilinadi va elektrobus parki (depo) tashkil etiladi.

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda yirik loyihaga qoʻl urilmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, YETTB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida Namangan hamda Nukus shahri jamoat transporti tizimini xalqaro talablarga mos ravishda modernizatsiya qilinadi. Shuningdek, zamonaviy harakat tarkiblari xarid qilinadi va elektrobus parki (depo) tashkil etiladi.

    Buyuk Britaniyaning “Atkins” kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

    YETTBning Osiyo mintaqasidagi vakili Nadejda Klyuchnikova boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev bilan uchrashuvda loyihaning amaliy qadamlarini muhokama etdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech