Namangan va Sankt-Peterburg oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

    Transport 2 Dekabr 2021 2691

    2-dekabr – Namangan xalqaro aeroportiga Rossiyaning “Smartavia” aviakompaniyasi havo kemasi ilk marotaba muntazam parvozini amalga oshirdi.

    Ushbu reys “Boeing-737” rusumli havo kemasi orqali Sankt-Peterburg – Namangan — Sankt-Peterburg yoʻnalishida parvoz etadi.

    Aviakompaniya haftaning har Payshanba kuni Sankt-Peterburg -Namangan -Sankt-Peterburg yoʻnalishida doimiy parvozlarni amalga oshiradi.

    Maʼlumot uchun, “Smartavia” aviakompaniyasi Namanganga bugunga qadar faqat charter reyslarini amalga oshirib kelgan.

    IATA (Xalqaro havo transporti Assotsiatsiyasi) 2021/2022 qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 3 ta aviakompaniyasi Namanganga muntazam parvozlarni amalga oshiradi (“S7 Airlines”, “Ural Airlines”, “Smartavia”), deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.