Namangan viloyati 2-Xalqaro ochiq chempionati oʼtkaziladi

    Joriy yilning 27–31 oktyab kunlari Namangan viloyati GSTIBOʼSM Pahlavon sport majmuasida 2021 yil –"Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" munosabati bilan taekvondoning WT turi boʼyicha Namangan viloyati 2-Xalqaro ochiq chempionati boʼlib oʼtadi. 

    Ushbu musobaqada oʼzbekistonlik taekvondochilar bilan birgalikda Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Malayziya, Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston va Tailand mamlakatlaridan sportchilar qatnashishi kutilmoqda.

    Musobaqada 2013-2014 yilda tugʼilgan yoshlar, 2008-2010 yilda tugʼilgan kadetlar, 2005-2007 yilda tugʼilgan oʼsmirlar va 2004 yil va undan oldin tugʼilgan kattalar medallar uchun kurash olib borishadi.