Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi tayinlandi

    Voqea-hodisalar 15 Mart 2022 4139

    Ikramov Zafar Shavkatovich Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Zafar Shavkatovich 1976-yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

    Zafar Ikramov mehnat faoliyatini 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi DT Xalqbank Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

    2000-2007-yillarda Ipak yoʻli bankida mutaxassislikdan markaz boshligʻigacha boʻlgan vazifalarda ishlagan. 2008-2021-yillarda Davlat mulki qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi umumiy boʻlim boshligʻi-ishlar boshqaruvchisi vazifasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimigacha boʻlgan mehnat yoʻlini bosib oʻtgan.

    Ikramov Zafar Shavkatovich tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.