Bugun, 18 noyabr` kuni navbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi oldingi muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosi,  muammoli masalalar echimi bilan boshlandi.  Ma'lumotlarga ko'ra,  bugunga qadar jami 117 ta murojaat kelib tushgan.  Ularning 61 tasi ijobiy hal etilib,  56 tasi bo'yicha o'rganishlar olib borilmoqda. 

Viloyat rahbari har bir murojaat doimiy nazoratda ekani,  ijrosini ta'minlash muhimligini ta'kidladi. Navbatdagi uchrashuvda 30 nafardan ziyod ishbilarmonlar istiqbolli loyihalar, faoliyatida uchrayotgan to'siqlar xususida murojaat etdi.  

SHuningdek,  imtiyozli bank krediti,  er ajratish va kommunal sohaga oid masalalar muhokama etilmoqda.