Bahromjon Nurmatov 1964-yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tugʻilgandi. 1986-yilda Toshkent politexnika instituti, 2000-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986-yili Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 148-xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonnada ustalikdan boshlagandi.

1998–2009-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 7-mexanizatsiyalashgan koʻchma korxona boshligʻi, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 4-qishloq qurilish kombinati direktori,

Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, raisi, Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2009–2016-yillarda Uchqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan.

2016–2017-yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi- injiniring kompaniyasi direktori vazifasini egallagan.

2017-yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.