Viloyat hokimining 2022-yil 29-dekabr kungi 747-sonli qaroriga asosan hokimlik huzuridagi va davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan quyidagi tashkilot faoliyati tugatilishi belgilandi:

“Axsikent” arxeologiya merosi obyektini tashkil etish, qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va uning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi;

Namangan viloyati salohiyatini targʻib etish Media departamenti;

“Namangan viloyati issiqlik manbai” DUK qoshidagi “Issiqlik texnika markazi” unitar korxonasi;

Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Namangan shahridagi ziyoratgohlar muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni saqlash obodonlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi;

Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi;

“HYUNDAY MOTOR UZ NAMANGAN” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxona;

Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish maxsus markazi;

“Yangiqoʻrgʻon tumani “Nanay” qishlogʻini ekoturizm markaziga aylantirish, dam olish maskanlari bino-inshootlaridan foydalanish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish direksiyasi”;

Namangan viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi;

Namangan viloyat maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimi” davlat muassasasi;

Namangan viloyati hokimligi xuzuridagi “Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish markazi” davlat muassasasi.;

Davlat tashkilotlari sonini maqbullashtirish va shtatlar sonini tanqidiy tahlil qilish orqali davlat byudjeti mablagʻlari ham tejaladi. Islohotlar qatʼiyat bilan davom ettiriladi.

Yuqoridagi tashkilot va muassasalarni tugatish boʻyicha alohida tugatish komissiyasi tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda 2023-yil yanvar oyidan tugatish choralari koʻriladi.