Namangan viloyatida oilaviy mehmon uylarini tashkil etishga doir targʼibot ishlari oʼtkazildi

    Turizm va sport vazirligi tomonidan Namangan viloyatida oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʼlga qoʼyishga doir targʼibot ishlari oʼtkazildi. Bu haqda vazirlik Аxborot xizmati xabar berdi.

    Turizm va sport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Lola Zakirlayeva boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining Yangiqoʼrgʼon tumanidagi "Nanay" qishlogʼi, Chortoq tumanidagi “Baliqli koʼl” va “Oromgoh” MFYlari, Kosonsoy tumanidagi "Olmazor", "Joʼme", "Mahdumi Aʼzam" MFYlari, Chust tumanidagi "Gʼova" qishlogʼi hamda Pop tumanidagi "Chodak" qishloqlarida uyma-uy yurib, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, ularda xizmat koʼrsatish turlarini koʼpaytirish, shu bilan birga oilaviy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan targʼibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlarini tashkil qildi.

    Taʼkidlash lozimki, ushbu ishlar Oʼzbekiston Prezidenti tomonidan 2021-yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga, shuningdek Bosh vazir oʼrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov buyrugʼiga muvofiq Vazirlar Mahkamisining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 631-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.