Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.T. “Obod” MFY hududidagi xonadonida umumiy bahosi 130,6 mln so‘mlik 9 333 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.