Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan YAngiqo'rg'on tumani Gaiston mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo'limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda er uchastkalarini berish masalasini ko'rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilgan va ushbu hudud noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o'rniga uy-joy qurilgan. Natijada tarixiy ob'ektga 80 mlrd. so'm jiddiy zarar etkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko'ra, jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi madaniymeros.uz.