Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi, va uni Avstriyaning Doppelmayr / Garaventa guruhi amalga oshiradi.
Doppelmayr/Garaventa guruhi — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yoʻllar (ropeways), gondolalar, liftlar, yoʻlovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar boʻyicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo boʻylab 96 ta mamlakatda 15,000 dan ortiq kanat yoʻllari loyihalashtirgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr/Garaventa guruhi vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qildi.
Oʻzaro muloqotda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joiz, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri — “Aisha group” kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda.








