Namangan viloyatiga ijodiy tashrif!

    Chust pichoqchilik sanʼati, Namangan kulolchilik sanʼati va tasviriy sanʼati katta qiziqish uygʻotdi.

    Sirdaryo Badiiy Ijodkorlar Uyushmasi raisi Boybekov Anorqul Sherqulovich boshchiligidagi Sirdaryolik bir guruh (50-nafarga yaqin) rassomlar va deputatlardan iborat mehmonlar Namangan viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasiga tashrif buyurdilar.

    Tashrif chogʻida, mehmonlar Namangan viloyat Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarining ijodi hamda Namangan Xalq amaliy sanʼati asarlari bilan ham tanishdilar.

    Mehmonlarda ayniqsa Chust pichoqchilik sanʼati, Namangan kulolchilik sanʼati va tasviriy sanʼati katta qiziqish uygʻotdi.

    Kelgusida shunday tajriba almashish va uzaro hamkorlik masalalariga katta eʼtibor qaratish zarurligi xususida kelishib olindi.