Festival doirasida yoshlar oʻzlarining bor bilim-koʻnikmalarini namoyish etib, yuksak marralarni zabt etishdi.
Tadbirning tantanali yopilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov gʻolib va sovrindorlarni taqdirladi. Xususan, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Rustamjon Isroilovga “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivalda faol ishtiroki hamda oʻtgan davr mobaynida fan, taʼlim sohalarida yangi gʻoya va tashabbusga ega, olimpiada hamda turli tanlovlarda yuqori natijalarga erishganligi munosabati bilan 50 nafar yoshlar davolanishi va dam olishi uchun 82 000 000 soʻmlik sertifikat topshirildi.
Qolaversa, festival doirasida uyushtirilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar jamoasi 10 000 000 soʻm miqdoridagi sertifikat bilan taqdirlangan boʻlsa, Mingbuloq tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablariga “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” MCHJ hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Namangan viloyatida oʻtkazilgan kitob targʻiboti tadbirlaridagi gʻolib boʻlganligi uchun 50 000 000 soʻmlik kitoblar jamlanmasi uchun sertifikat taqdim etildi, deb xabar beradi Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.