Namanganda 10 ta yangi oliy taʼlim muassasasi tashkil etiladi — Shavkat Abdurazzoqov

    Mamlakatimizda 21 Dekabr 2021 22147

    Ayni paytda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi XXVII sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning 2021-yilda hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yil uchun ustuvor vazifalar boʻyicha Murojaati tinglanmoqda.

    Viloyat rahbari oʻz nutqida maʼlum qilishicha, oliy taʼlim tizimidagi rejalar doirasida Namanganda kelgusida 10 ta oliy oʻquv yurti tashkil etiladi.

    Jumladan:

    - Xalqaro raqamli universitet (IDU-International digital university) Namangan filiali (Buyuk Britaniyaning Vulverxempton universiteti bilan);
    - Pokiston Islom Respublikasining Lahor Universiteti bilan hamkorlikda “The international university of Namangan” universiteti;
    - “IMPULS BSR” MCHJ tomonidan Davlat xususiy sherikchilik asosida Nodavlat oliy taʼlim muassasasi;
    - “QAQNUS INDUSTRY” MCHJ ustav kapitali asosida davlat ulushi boʻlmagan “Usmon Nosir nomidagi Namangan universiteti”;
    - “Yangi asr universiteti” xususiy universitet;
    - Qozogʻiston bilan hamkorlikda “Outlet vodiy” MCHJ tomonidan Ijtimoiy-gumanitar halqaro universitet;
    - Ixtisoslashtirilgan Ibrat maktabi qoshida xorijiy tillar universiteti;
    - Namangan davlat universiteti qoshida Pedagogika instituti;
    - Namangan Davlat universiteti qoshida Jismoniy madaniyat instituti;
    - Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida “Namangan toʻqimachilik sanoati texnologiyasi instituti” tashkil etiladi.