Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 28 may kuni yigit qarindoshlari bilan Pop tumanidagi dam olish maskanlaridan biriga borgan. U yerdan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soýiga cho‘milish uchun tushgan vaqtda ehtiyotsizlik oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan va qayta suv yuziga chiqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yigitni qidirish ishlariga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari jalb qilingan.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv ishlari uzluksiz davom etmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan suv yuzasida va suv ostida qidiruv ishlari olib borilyapti.