Namanganda 55 ta yosh oilaga "YOshlar uylari" beriladi

    Ijtimoiy hayot 26 Sentabr 2020 2388

    O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o'rinbosari Muzaffar Akramov Namangan shahrida bunyod etilayotgan ko'p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi.

    Bugun Namangan shahrining Islom Karimov ko'chasi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu erda 5 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Mazkur turar joylar tufayli bu yil 55 ta yosh oila yangi uyga ko'chib o'tadi. Keyingi yillarda 60 ta oilaga shunday uylar berilishi rejalashtirilgan.

    Ma'lumot o'rnida Namangan viloyatida 2017-2020 yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan 106 ta yosh oilaga “YOshlar uylari” topshirildi.