Oʻrganishlar viloyat hokimining maslahatchisi Ulugʻbek Shermatov rahbarligida shahar va tumanlar hokimliklarida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi.

Oʻrganishlar davomida qonun talablari va davlat tili meʼyorlariga javob bermaydigan 586 ta reklama bannerlari olib tashlandi.

Shuningdek, 274 nafar tadbirkorga reklamaga joylashtirilgan yozuvlarning davlat tili, lotin alifbosida toʻgʻri yozilishi boʻyicha tushuntirish berilib, ogohlantirish xatlari taqdim etildi.

Mazkur tadbirlar shahar-tumanlarda davom etmoqda.