Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali” tantanali ravishda boshlandi

    Mamlakatimizda 19 May 2024 945

    Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istrohat bog'i yonida festivalning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Nafosat va go'zallik festivalini Namangan viloyati hokimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi SHavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.

    Viloyat rahbari o'z nutqida nafosat va go'zallikka oshufta dillarni o'ziga rom etayotgan ardoqli bayram yillar davomida takomil topib, viloyatning «tashrif qog'ozi»ga aylanib ulgurganini ta'kidladi.

    Buni yildan yilga ushbu saylga tashrif buyurayotganlar qamrovi kengayib borayotgani, birgina o'tgan yilgi festivalga 5 millionga yaqin kishi mehmon bo'lib kelganidan ham ko'rish mumkin. Bu yilgi anjumanda esa 7 mln. mehmon tashrifi kutilmoqda.

    SHuningdek, viloyat rahbari 63-xalqaro “Gullar festivali” o'tkazilishiga yaqindan ko'mak bergan barcha mas'ul idoralar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Madaniyat, Turizm vazirliklari mutasaddilariga alohida minnatdorchilik bildirib o'tdi.

    Tadbirda O'zbekiston xalq artisti YOdgor Sadiev so'zga chiqdi.

    Xalqimizning sevimli xonandasi Ozoda Nursaidova qo'shiqlari bayramga fayz bag'ishladi.

    eslatib o'tamiz: festivalning tantanali ochilishi bilan bir vaqtda Namangan xalqaro aeroportidan an'anaviy gullar avtoparadi ham Bobur nomli bog' tomon yo'lga chiqdi.

    Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.