Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov korporatsiya vitse-prezidenti Kris Chjou boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. U bu hamkorlik har ikki tomonga birdek manfaatli ekanini va mahalliy hokimiyat barcha kerakli yordamni berishga tayyorligini bildirdi.

- Namangan uch respublikaning yetti viloyati joylashgan, 12 million aholi yashovchi vodiyning qulay nuqtasidadir. Malakali kadrlarimiz, zamonaviy ko'nikmalarga ega mutaxassislarimiz mavjud. IT-Park mazkur loyihani amalga oshirish uchun munosib hudud, - dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

“Alibaba” korporatsiyasi vitse-prezidenti Kris Chjou Namanganga bejiz kelmaganini hamda tekstil, sanoat, IT, qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish borasida Namangan mintaqaviy markazga aylanishini alohida ta'kidladi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar mintaqaviy markaz uchun tavsiya etilgan IT-Park Namangan filialidagi bino-inshootlar bilan tanishdilar.