Dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻzining koʻp tarmoqli faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “ÜÇ NOKTA” kompaniyasi viloyatimiz markazida Oʻn million dollarlik investitsion loyihasini amalga oshirmoqda.

Unga koʻra, viloyatimizda Yoʻl harakati qoidalarini buzganlikni foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimini amalga oshirish uchun amaliy qadamlar tashlandi. Buning afzalliklari yoʻl-transport hodisalari oldini olish, qonuniy talablarni bajarilishi va inson omilini cheklash korrupsiyani oldini olishga xizmat qiladi.

Yoʻl harakati xavfsizligi tizimida oʻrnatish va foydalanish uchun ishlab chiqarilgan “aqlli radar sistemalari”ning yangi avlodi namoyish qilindi. Lazer tizimi bilan ishlovchi ushbu sistemaga qarshi har xil antradar uskunalari ish bermasligi, tizimda esa faqatgina jazolash emas, balki yoʻllar va chorrahalardagi harakatni tartibga solishi bilan ahamiyatlidir.