Mazkur zavodni barpo etish uchun 4,7 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan boʻlib, yil yakuni bilan bu raqam 5 million dollarga yetkaziladi. Hozirga qadar bu yerda 200 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Korxonada 100 xil turdan ortiq yoritgich komponentlari, 20 turdan oshiq tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular toʻliq import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hisoblanadi.

Korxona taʼsischisi, xitoylik investor Qodir Roʻzining soʻzlariga qaraganda, zavodning yillik quvvati 100 milliard soʻm yoki 1 million dona komplektga teng. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning teng yarmi Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.

Maʼlumot uchun, Namanganda avtomobillar uchun yoritgich asboblari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir zavod UzChasys qoʻshma korxonasi ham faoliyat koʻrsatib kelyapti, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.