Namanganda bank xodimi fuqarolarning bank kartasidan pul echib olgani aniqlandi

    Xavfsizlik 25 Dekabr 2022 1135

    Namangan shahrida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, ularning bank kartasidan jami 86 million so'mdan ortiq pullari noma'lum shaxs tomonidan echib olinganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'rashgan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o'zlashtirgan shaxslar Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 2000 y.t., bank xodimi U.A. va uning ish o'rganuvchisi (stajyor) O.A. birgalikda amalga oshirganliklaniqlangan.

    Jinoyatchilar xizmat mavqeyidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni o'zlashtirganliklari ma'lum bo'ldi.

    U.A. va O.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    IIV Kiberxavfsizlik markazi