Namanganda bir kunda minglab yoʻl harakati qoidabuzarliklari aniqlandi

    Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda oʻtkazilgan reydlarda minglab qoidabuzarliklarni aniqladi.

    YHXX matbuot xizmatining xabar berishicha, 24 soat ichida 2 mingdan ortiq qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlanib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qoʻyildi.

    Shuningdek, 394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish holatlari aniqlandi.