Namanganda birinchilardan boʻlib maxsus doʻkon ochildi

    Ijtimoiy hayot 30 Yanvar 2021 2310

    Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

    Loyihaning navbatdagi bosqichida respublikaning turli hududlarida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun maxsus yengil konstruksiyali koʻchma doʻkonlar tayyorlanib, hududlardagi aholi gavjum boʻlgan savdo obyektlariga imtiyozli tartibda joylashtirilishi rejalashtirildi.

    Xususan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan viloyat hokimligi, shahar hokimligi, “Chorsu” dehqon bozori bilan yaqindan hamkorlikda maxsus doʻkonning ochilish marosimi birinchilardan boʻlib Namangan viloyatida tashkil etildi.

    “Biz birgamiz” loyihasi doirasidagi bu kabi xayrli tadbirlar muntazam davom ettiriladi.